13 avg 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko vs Rigondo. Ikki chempion jangi 9 dekabr kuni o'tkazilishi mumkin
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko o'zining navbatdagi jangini 9 dekabr kuni o'tkazishi mumkin.
U shu kuni birinchi yarim engil vazn toifasi chempioni Gilermo Rigondoga qarshi ringga ko'tariladi. Ayni paytda ikki karra Olimpiada chempionining jamoasi Rigondo bilan muzokara olib boryapti.
Agar hammasi joyida
bo'lsa, 9 dekabr kuni boks muxlislari birlashtiruvchi chempionlik jangi guvohiga aylanishadi.
Mabodo, kelishuv amalga oshmasa, u holda Lomachenko 9 dekabr kuni meksikalik
Orlando Salidoga qarshi revansh jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar