30 iyu 11:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenkoning 5 avgust kungi jangdagi raqibi malum
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko 5 avgust kuniga belgilangan jangdagi raqibi malum bo'ldi.
Boks tarixida eng kam jang o'tkazib chempion bo'lgan Lomachenko kolumbiyalik Migel Marriaga (25-2, 21 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Los-Anjeles shahrida o'tkaziladigan ushbu jang o'sha boks oqshomining markaziy bahsi bo'ladi.
Migel Marriaga shu paytgacha ikki bor jahon chempionlik kamari uchun kechgan jangda davogar bokschi sifatida ishtirok etgan. 2015 yili Nikolas Uolters, o'tgan yilning kuzida Oskar Valdesga imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar