26 apr 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"London Olimpiadasida Joshuaga g'alabani sovg'a qilishgandi"
Superog'ir vaznli bokschi Jarrell Miller agar jang bekor bo'lmaganida britaniyalik Entoni Joshuani mag'lub etgan bo'lishini aytib o'tdi.
"Men Joshuani osonlik bilan mag'lub etardim. SHunchalik qattiq urardimki, u boshqa men tomonga qaray olmasdi. Lekin Entoni mening o'rnimga Endi Ruisni tanladi. Bu qanday yakunlandi? Ruis uni sindirdi.
Odamlar faktlarga qarashni istashmaydi. London Olimpiadasida ko'p janglarda Joshuaga g'alabani sovg'a qilib yuborishgandi", - dedi Miller.
Eslatib o'tamiz, Joshua London-2012 Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritdi.
Miller va Joshua o'rtasidagi jang amerikalik bokschi doping bilan bog'liq muammolarga uchragani uchun bekor qilingandi.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar