07 iyu 15:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes Lomachenko bilan jang uchun deyarli 10 kg vazn tashlashi lozim
IBF yo'nalishi chempioni Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenko bilan jang qilish uchun 9,5 kg (21 funt) vazn tashlashi kerak bo'ladi.
"Hozir qanday vazndaman? 156 funt (70,7 kg.). Kerakli darajaga tushish uchun avvaliga 6 funt tashlashim kerak. Keyin esa organizmdan suvni haydab, 135 funtga tushaman.
Mashg'ulot lagerim boshlanganida murabbiyim yordamida navbatdagi 15 funtni yo'qotaman. Men shirinliklardan voz kechdim. Agar siz ham ortiqcha vazndan halos bo'lmoqchi bo'lsangiz, ularni oynadan uloqtiring. To'g'ri ovqatlanish lozim", - dedi Lopes.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar