20 apr 17:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Lopes: Lomachenko uzog'i bilan sakkiz raund turib beradi
Engil vazn toifasida IBF kamari sohibi Teofimo Lopes Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qancha davom etishini taxmin qildi.
“Misol uchun, Richard Kommiga qarshi jang qilganimda, men jangni uzog'i olti raund davom etishini aytganman. Agar siz mendan Lomachenkoga qarshi jang necha raund bo'lishini so'rasangiz bunga ham javob beraman: Lomachenko ham uzog'i sakkiz raund turib bera oladi”,-dedi Lopes.
Eslatib o'tamiz, Lopes va Lomachenko jangi 30 may kuni bo'lib o'tishi lozim edi, ammo mutlaq jahon chempionlik uchun kechadigan bahs koronavirus sababli bekor bo'ldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar