12 apr 13:31
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Los-Anjeles-2028: Suzish bahslarida rekord darajadagi medallar o'ynaladi
Bo'lajak Olimpiya o'yinlarining suzish bellashuvlarida o'ynaladigan medallar jamlanmasi rekord darajaga etdi.
Tashkiliy qo'mitaning malum qilishicha, Los-Anjelesdagi O'yinlarda 43 ta medallar jamlanmasi uchun bahs kechadi.
Erkin usulda suzish: 50, 100, 200, 400, 800, 1500 metr;
CHalqancha: 50, 100 va 200 metr;
Brass: 50, 100 va 200 metr;
Batterflyay: 50, 100 va 200 metr;
Kompleks: 200 va 400 (yakkalik);
Estafetalar: 4x100, 4x200 metr (ikkalasi ham erkin) va 4x100 miks (kompleks);
Marafon: 10 km.
* Aralash estafetadan tashqari barcha dasturlar ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida hisoblanadi;
** Qoraytirilgan masofalar Olimpiya dasturiga yangi kiritilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar