14 iyu 10:12
Yangiliklar
Futbol

Luis Enrike mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike finaldagi yirik mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrini bildirdi.
“Biz katta sportdamiz. Bunday holatlar sportda bo'lib turadi. Ushbu o'yinni yana bir bor ko'rgandan so'ng nimadir deyish mumkin. Menimcha, bugun “CHelsi“ bizdan ko'ra yaxshiroq uchrashuvni boshladi.
Ular yaxshiroq pressing qilishdi. Biz shu sababdan ancha qiyinchilikka uchradik. Ularda oldinga hujum qilish uchun imkoniyatlar ko'proq bo'ldi va ular bundan foydalanishdi. Biz birinchi bo'limda bir nechta vaziyat yaratdik.
Umuman olganda, bugun o'yinga kirishib ketishda qiyinchiliklarga uchradik. Palmer super o'yin ko'rsatganini ham alohida takidlash lozim. Bugun raqib bizdan kuchli edi va ularni chempionlik bilan tabriklayman“, — dedi murabbiy.
Havola :
Fikrlar