05 jan 17:47
Yangiliklar
Futbol
Lunin "Real"da qolishni istaydi
Andrey Lunin "qirollik klubi"da qolish niyatida.
"Men uch yildan beri shu erdaman. Kurashyapman va kutmoqdaman, ishlayapman va mashq qilmoqdaman. Menda paydo bo'layotgan imkoniyatlardan foydalanmoqdaman. Lekin men buni bu erni tark etish uchun qilganim yo'q. Qolish niyatidaman.
Men eng yaxshi joydaman, menga eng zo'rlar komak beradi. Bu erda ajoyib muhit hukm surmoqda.
Har qanday o'yinchi doimo o'ynashni xohlashini aytadi. Men tayyorman. O'z ishimni bajaraman va hamisha tayyor bo'lishga harakat qilaman. Qarorni murabbiy qabul qiladi", – dedi "Real" darvozaboni Ispaniya Kubogi doirasidagi "Kasareno"ga qarshi o'yindan keyin (1:0).
Ukrainalik darvozabon va "Real" o'rtasidagi kelishuv 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Havola :
Manba : Relevo
Fikrlar