02 may 08:52
Yangiliklar
Tennis
Madrid "Masters". Rublyov amaldagi chempionni o'z vatandoshlari ko'z o'ngida taslim etdi
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaraz o'z vatanida o'tkazilayotgan Madrid "Masters" turniridagi ishtirokini 1/4 finalda yakunladi.
ATP reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyov ispaniyalik nomdor raqibini uch set natijasiga ko'ra mag'lub etishni uddaladi - 4/6, 6/3, 6/2. Bu bilan Rublyov tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1.
Bir daqiqasi kam ikki soat davom etgan bahsda Rublyov 5, Alkaraz 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar Andreyda ko'proq bo'ldi - 3 ga 1. Aynan Alkaraz Madrid "Masters" turnirining amaldagi chempioni edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar