05 okt 08:15
Yangiliklar
Madrimov, Ahmadaliev va yana 3 bokschimiz Aktaudagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
O'z tarixida beshinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Jamoamiz safida Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov singari asosiy tarkib charm qo'lqop ustalarimiz bor.
Kecha xalqaro turnirning
ilk kuni 6 nafar bokschimiz ilk janglarida ringga ko'tarilishdi. Ulardan birgina -52
kg vazndagi hamyurtimiz Foziljon Abdumurodov mezbon bokschi Inayatullaevga imkoniyatni boy berdi.
Qolgan bokschilarimiz
Mironshoh Ibragimov, Murodjon Ahmadaliev, Elnur Abduraimov, Mahmud G'oipov va Isroil Madrimov raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, keyingi
bosqichga yo'l olishdi.
Bugun Otabek Xolmatov (-56 kg), Madiyor Saidrahimov (-81 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) dastlabki bosqich janglarida ringga ko'tarilishadi.
Fikrlar