03 avg 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Magomed-Salam Umaxanov xotira turniri. Bugun 5 nafar bokschimiz finalda jang qiladi
Rossiya Federaciyasi, Dog'iston Respublikasi Kaspiysk shahrida boks bo'yicha Magomed-Salam Umaxanov xotirasiga bag'ishlangan turnir bugun yakuniga etadi.
Musobaqaning hal qiluvchi final janglarida besh nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:
-52 kg: Abror Qodirov - Islamitin Alisoltanov (Rossiya)
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov - Gauran Solanki (Hindiston)
-60 kg: Otabek Xolmatov - Jamal Badrutdinov (Rossiya)
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov - SHaxabas Mahmudov (Rossiya)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Ramazan Saaduev (Rossiya).
Turnir doirasida erkaklar o'rtasidagi final janglari Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan so'ng boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar