06 sen 18:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov "Bellator" bilan shartnoma imzolash arafasida
Aralash qoidalar bo'yicha MMA yo'nalishida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan hamyurtimiz Mahmud Muradov mashhur Bellator tashkiloti bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Muradov o'z janglari hamda mashg'ulotlarini CHexiyaning Praga shahrida o'tkazib kelyapti. Hamyurtimiz 9 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida navbatdagi jangini o'tkazadi va shundan so'ng 22 sentyabr kuni AQSHga yo'l oladi.
Muradov okean ortida Bellator tashkiloti bilan bir nechta jang yuzasidan shartnoma imzolaydi. Bu tashkilot nufuzi jihatidan dunyoda UFCdan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Mashhur Emelyanenko ham aynan Bellator tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan janglarda ishtirok etib kelyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar