06 noy 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/94053_220.jpg)
Mahmud Muradov bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi
Xabar berganimizdek, Mahmud Muradov tez orada o'zining UFCdagi ikkinchi jangini o'tkazadi.
Muradov CHexiya poytaxti Praga shahrida aynan bo'lajak jangi uchun mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Biz mashhur aralash qoidalar jangchisi bilan bog'landik va undan jangning shartnoma shartlari haqida so'radik.
"Hozircha jangning qachon, qaerda va kimga qarshi o'tkazilishini ayta olmayman. Hatto jang sanasini aytish uchun ham huquqim yo'q. Jangning shartnoma bandida bu malumotni oshkor qilmaslik yozilgan. Bu xabarni faqat UFC elon qila oladi. Yaqin 2-3 kun ichida o'zbekistonlik va xorijdagi muxlislarim bu yangilikdan boxabar bo'lishadi. Meni to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman", - dedi Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar