29 sen 20:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/88617_220.jpg)
Mahmud Muradov Meyvezer bilan do'stligi va qachon keyingi jangga tayyor bo'lishi haqida gapirdi
UFCda jang qilgan o'zbekistonlik ilk sportchi Mahmud Muradov Floyd Meyvezer bilan do'stligi haqida gapirdi.
"Meyvezer mening do'stim va homiyim. U oilam azosidek. U menga va jamoamga yordam berdi. Floydning Instagramdagi posti UFCga kirishimda katta yordam berdi, chunki odamlar hozir Instagram va Feysbukda yashashmoqda.
Bir oydan so'ng navbatdagi jangga tayyor bo'laman. Noyabr yoki dekabr. Menga ikki oy bering va men yaxshi shou namoyish etaman. O'rta vaznda shartnoma jo'nating, muammo bo'lmaydi", - dedi Mahmud Muradov.
Eslatib o'tamiz, u kecha Kopengagenda o'tkazilgan jang oqshomida italiyalik Alessio di CHirikoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : MMAnytt
Fikrlar