27 sen 09:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Mahmud Muradov Meyvezer - Xabib jangi nima uchun bo'lmaganini aytdi
Engilmas bokschi Floyd Meyvezerning nima sababdan UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilmagani malum bo'ldi.
Bu haqida hamyurtimiz Mahmud Muradov malum qildi.
“Floydning Xabibga qarshi jangi imkonsiz. Floyd menga faqatgina ko'rgazmali janglarda ishtirok etishini hamda bu janglar uchun 10-100 million dollar olishini aytdi”, - dedi Muradov.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer 2017 yili yana bir UFC yulduzi Konor Makgregorga qarshi boks qoidalari asosida jang qilgandi. O'shanda Floyd raqibini o'ninchi raundda nokaut qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar