28 iyu 21:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov: Tez orada oktagonga chiqaman
UFCda jang qiluvchi hamyurtimiz Mahmud Muradov navbatdagi jangini kutmoqda.
"Jang bor yoki yo'qligidan qatiy nazar, men har kuni mehnat qilishda davom etaman. Axir, asosiy narsa bu maqsad.
Lekin yashirmayman, keyingi jang sanasini astoidil kutyapman.
InSHaOlloh tez orada oktagonga chiqib, mehnatlarim samarasini namoyish etaman. Qo'llab-quvvatlaganingiz va etiboringiz uchun barchangizga rahmat.
Hozir birlashishning ayni vaqti, chunki birgalikda barcha muammolarni hal qilishga kuchimiz etadi. Uyda qo'ling, o'zingiz va yaqinlaringizni asrang. Barchaga tinchlik, baxt va eng muhimi sog'liq tilayman", - deb xabar qoldirgan Muradov.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar