18 mar 22:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov UFC 249dagi jangi va koronavirus haqida gapirdi
O'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov mashg'ulotlarda davom etmoqda.
Bu haqida sportchi Instagramdagi sahifasida malumot berdi.
"Kechki mashg'ulotlardan so'ng tog'da yugurish. 18 aprel kuni UFC 249 turniridagi jangim hali bekor qilinmadi. Ayni paytda jahonda ro'y berayotgan hodisalarni ko'rib, eng asosiysi vahima qilmaslik kerak. Sabrli va xotirjam bo'ling. Kuchli bo'ling va ishoning. Insholloh biz ushbu qiyinchiliklardan o'tib olamiz. O'zingiz va yaqinlaringizni asrang", - deb xabar qoldirdi Mahmud Muradov.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar