17 sen 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/86085_220.jpg)
Mahmud Muradov UFC bilan qancha muddatga shartnoma imzolaganini aytdi
Xabar berganimizdek, mashhur MMA jangchimiz Mahmud Muradov dunyoning eng nufuzli aralash qoidalar tashkiloti - UFC bilan shartnoma imzolagandi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng Muradov dunyoga mashhur UFC tashkiloti bilan shartnoma imzoladi va eng kuchli promoushen jangchisiga aylandi. Biz Mahmudning o'zi bilan bog'landik va shartnoma bandlari bo'yicha aniq malumot oldik.
"UFC bilan uzoq davom etgan muzokaralar nihoyat ijobiy yakunlandi. Men tashkilot rahbari Dana Uayt bilan 4 ta jangga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim. Kelishuv natijalarga qarab uzaytiriladi. UFCdagi debyut jangimni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi Muradov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar