28 noy 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Mahmud Muradov UFCdagi ikkinchi jangini o'tkazish uchun yo'l olmoqda
Xabaringiz bor, o'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov 7 dekabr kuni UFCdagi ikkinchi jangini o'tkazadi.
O'sha kuni hamyurtimiz Vashingtonda amerikalik Trevor Smitga qarshi oktagonga chiqadi. SHu kunlarda Mahmud ushbu jangda ishtirok etish uchun CHexiyadan okeanortiga yo'l oladi.
"Jangga 9 kun qoldi. Ikki kundan so'ng Vashingtonga jo'nab ketamiz. Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga rahmat, men buni qadrlayman. 7 dekabr kuni Insholloh navbatdagi g'alabaga birga boramiz", - deb xabar qoldirdi Muradov Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/makhmud_muradov
Fikrlar