03 avg 15:39
Yangiliklar

Mahmud Muradovning navbatdagi raqibi haqida nimalar bilamiz?
Hamyurtimizning navbatdagi raqibi - polshalik Krishtof Jotko bo'ladi.
31 yoshli Jotko o'z vaqtida UFC o'rta vaznida reytingning TOP-15 ligidan o'rin olgandi.
MMAda umumiy hisobda 26 ta jang o'tkazgan. Ularning 22 tasida g'alaba qozongan, 4 ta jangda mag'lub bo'lgan. G'alabalarning 6 tasini nokaut evaziga qo'lga kiritgan. 4 ta mag'lubiyatning 2 tasida nokautga uchragan.
MMAdagi ilk professional jangini 2010 yilda Pro Fight turnirida o'tkazgan. UFCda esa 2013 yilning dekabrida debyut qilgan. Aynan UFCning o'zidagi rekordi 9-4 ni tashkil etadi. Yani 9 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat.
So'nggi jangini shu yil 16 may kuni UFC on ESPN turniri doirasida Erik Andersga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan.
Umuman olganda, Jotko asosiy g'alabalarini ochkolar evaziga qo'lga kiritgan. Demak, Mahmud Muradov raqibini nokaut qilishga urinishi lozim. Aks holda, jismoniy tomonlama chidamli bo'lgan raqibga nisbatan sportchimiz qiynalib qolishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Mahmud Muradov va Krishtof Jotko o'rtasidagi jang 17 oktyabr kuni UFC on ESPN 182 turniri doirasida tashkil etiladi.
Fikrlar