11 dek 19:48
Yangiliklar

Mahmudovning menejeri Uaylderga jang uchun $ 20 mln taklif qildi
Rossiyalik superog'ir vazn toifasi vakili Araslanbek Mahmudovning menejeri Kamil Estefan mijozining Uaylder bilan jangini tashkil qilishga urinib ko'radi.
"Semyuel Piterni mag'lub etgan Arslanbek ushbu vazn chempionlari uchun jiddiy raqib ekanligini isbotlab qo'ydi. Deontey Uaylderga jang uchun 20 million dollar to'lashga tayyorman. Faqat bu jang Kanadaning Monreal shahridagi Bell Center arenasida o'tkazilishi lozim. Agar Tayson Fyuri Deonteyni mag'lub etsa, u holda jangga britaniyalik bokschini chorlaymiz. Unga ham kafolatlangan 20 million dollarlik gonorar bor", - dedi Estefan.
Malumot uchun, Mahmudov yakshanba tongida nigeriyalik sobiq jahon chempioni, faxriy bokschi Semyuel Piterni birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratgan edi. Arslanbek professional boksda 10 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan edi.
Fikrlar