24 fev 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregor Ahmadalievni mag'lub etib jahon chempioniga aylangan bokschi bilan mashg'ulotlar o'tkazmoqda
UFC chempioni Konor MakGregorning Floyd Meyvezer bilan jang qilishi haqidagi gap-so'zlar rostga o'xshamoqda.
MakGregorning yutubdagi kanalida uning boks mashg'ulotlarini o'tkazayotgani haqidagi lavhalar joylashtirildi.
U boks bo'yicha irlandiyalik jahon chempioni Maykl Konlan bilan birga shug'ullanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Konlan London Olimpiadasi bronza medali sohibi hisoblanadi. U shuningdek, 2015 yili Dohada bo'lib o'tgan jahon chempionati finalida bokschimiz Murodjon Ahmadalievni mag'lub etgan va jahon chempioniga aylangan.
Havola :
Manba : Worldboxingnews.net
Fikrlar