22 iyu 08:45
Yangiliklar

Makgregor ikki yo'nalish bo'yicha ESPY mukofotiga davogar
Irlandiyalik chempion “Eng yaxshi xalqaro sportchi” hamda “Eng yaxshi jangchi” nominaciyalarida g'oliblik uchun asosiy davogar bo'lib turibdi.
Konorga “Eng yaxshi xalqaro sportchi” nominaciyasida bokschi Saul “Kanelo” Alvares, engil atletikachi Useyn Bolt, vengriyalik suzuvchi Katinka Xossa hamda futbolchi Krishtianu Ronaldu raqiblik qiladi. Ushbu nominaciyasiga AQSH fuqarosi bo'lmagan sportchilar qo'yiladi.
“Eng yaxshi jangchi” nominaciyasida esa Makgregordan tashqari bokschilar - Terens Krouford, Gennadiy Golovkin, Demetrius Jonson va Andre Uord davogar sifatida qayd etilgan.
G'oliblar muxlislarning ovoz berish yo'li orqali aniqlanadi. Taqdirlash marosimi 12 iyul kuni ABC telekanalining to'g'ridan-to'g'ri efirida bo'lib o'tadi va namoyish etiladi.
Fikrlar