17 avg 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA
MakGregor jang vaqtida agar Meyvezerga oyoq bilan zarba bersa nima bo'lishi aniq bo'ldi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer agar Konor MakGregor jang vaqtida oyoq bilan zarba beradigan bo'lsa katta pul yo'qotishini aytib o'tdi.
"Jarima bo'ladi. Yaxshigina. Fikrimcha, u o'z gonorarining 90 foizini yo'qotishni istamaydi. Anig'ini bilmayman, lekin kattagina jarima bo'ladi", - deydi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, boks qoidalari bo'lib o'tadigan MakGregor - Meyvezer jangi Toshkent vaqti bilan 27 avgust kuni ertalab bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar