17 iyu 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
MakGregor jang vaqtida Meyvezerga oyoq bilan zarba beradigan bo'lsa nima bo'ladi?
Ushbu vaziyat borasida UFC Prezidenti Dana Uayt gapirib o'tdi.
"Jang shartnomasida agar Konor MakGregor Meyvezerga oyoq yoki tirsak bilan zarba bersa katta jarimaga tortilishi haqida yozib qo'yilgan.
Buning deyarli iloji yo'q. SHartnomada bu narsa birinchi band sifatida kiritilgan. Ikkinchidan bu boks jangi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Agar bu ro'y beradigan bo'lsa ish sudgacha etib boradi. Konor pulni juda yaxshi ko'radi. Agar ortiqcha harakat qiladigan bo'lsa u juda katta pul yo'qotadi", - deydi Uayt.
Havola :
Manba : Bloodyelbow
Fikrlar