27 avg 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA
MakGregor: "Jangni erta yakunlashdi, men zarbalardan muvozanatni yo'qotganim yo'q"
Konor MakGregorning fikricha Meyvezerga qarshi jangni erta tugatishdi.
"Men jangni biroz erta tugatishdi deb o'ylayman. CHarchaganimda shunday ko'rinaman. Lekin, men tanaffus paytida tiklanib, yana o'zimga kelib olaman. Konda juda ko'p narsa bor edi. Referi jangni davom ettirishga ruhsat berishi kerak edi. Ammo, Meyvezerga tan berdim.
Bungacha ham yutqazganman. Gap shunchaki charchab qolishda. Referi jangni davom ettirishga yo'l qo'yib beradi deb o'ylagandim. Yiqilmaslikka harakat qildim. Zarbalardan muvozanatni yo'qotmadim. CHarchab qoldim. Hushim o'zimda edi", - deydi Konor MakGregor.
Havola :
Manba : mmafighting.com
Fikrlar