17 dek 11:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor keyingi jangi qaysi yo'nalishda o'tkazilishini aytdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor keyingi jangini qaysi yo'nalishda o'tkazishini malum qildi.
Irlandiyalik chempion boks emas, aksincha o'z sport turi - MMA yo'nalishida oktagonga ko'tarilishini aytib o'tdi.
“Men haqiqiy jang bo'lishini istayman. SHu bois, keyingi jangimni MMA yo'nalishida o'tkazishga qaror qildim”, – dedi Makgregor .
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor MMA qoidalari bo'yicha o'zining so'nggi jangini 2016 yilning noyabr oyida o'tkazgandi. O'shanda irlandiyalik chempion engil vaznda Eddi Alvaresni texnik nokautga uchratib, UFCda ikki vazn chempioni bo'lgan ilk sportchiga aylangan edi.
Havola :
Fikrlar