27 avg 09:54
Yangiliklar
![](/upload/storage/18195_220.jpg)
MakGregor - Meyvezer jangida bokschi g'alaba qozondi!
10 raund davom etgan jangda Floyd Meyvezer ketma-ket zarbalari va tajribasi evaziga raqibini nokautga uchratdi. Ushbu g'alaba Floydning faoliyatidagi 50-g'alaba bo'ldi.
OLAMSPORT.COM sayti jangdan matnli translyaciya olib bordi.
MATNLI TRANSLYACIYA
O'NINCHI RAUND! NOKAUUUT! MEYVEZER O'ZINING 50-G'ALABASINI QO'LGA KIRITDI!
To'qqizinchi raund tugadi. MakGregor juda charchadi. Nokaut bo'lmasa unga shuni o'zi etarli.
Sakkizinchi raund yakunlandi. Bu raundda aytarlik aniq harakatlar bo'lmadi.
Ettinchi raundda Meyvezerdan zarbalar seriyasini ko'rdik. Navbat nokdaunga bo'lsa kerak.
Oltinchi raundda Meyvezer to'liq ustunlik qildi.
Beshinchi raund yakunlandi. Floyd boksda kim aslida kim ekanligini isbotlamoqda. MakGregorning zarbalari kuchsiz va o'z manziliga etib bormayapti.
To'rtinchi raundda Meyvezer ustunlik qildi. MakGregor charchab qolgandek ko'rinmoqda.
Uchinchi raund tugadi. MakGregor raqib boshining orqa qismiga zarbalar bermoqda. Agar bu harakatini davom ettirsa ochko olib tashlanishi aniq.
Ikkinchi raund tugadi. Bu raundda Meyvezerdan bitta kuchli va aniq zarba ko'rdik.
Birinchi raundda biroz MakGregor ustundek ko'rindi. Floyd kuchini taqsimlamoqda.
Birinchi raundni Konor MakGregor faol boshladi.
JANG BOSHLANDI!
BIZ KUTGAN JANG BOSHLANMOQDA!
Kechaning asosiy qahramonlari ringga chiqib kelmoqdalar.
Sportchilar jangga tayyorlar!
Endi esa AQSH madhiyasi...
Ayni paytda MakGregor sharafiga Irlandiya madhiyasi yangramoqda.
Jangni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan Mayk Tayson
Eslatib o'tamiz, kecha jang oldi vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tgan. Ushbu marosimda Konor MakGregor 69,4 kg, Meyvezer esa 67,8 kg tosh bosdi. Marosimdan olingan VIDEO hamda SURATLARNI tomosha qilishingiz mumkin.
Ayni paytda jang oqshomining "Undercard" janglari yakunlandi. Navbat asosiy jangga!
Assalomu alaykum sport ihlosmandlari. Yil jangi deya tarif berilayotgan Meyvezer - MakGregor jangidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
Fikrlar
Конар МакГрегорга боксда бало борми, яна енгилмас Флойд Майвейзерга,
Конар Майвейзерни 1 чи ёки 2 чи раундда нокаут килмокчи эди,
(кани нокаут Конар?????)
Бокс осон деб уйлагандирда Конар ва унинг жамоасидагилар ))))),
Энди учгандир Конар МакГрегор!!!
Майвейзерни билиб булмас ута кучли тактикаси бор, шу тактикани яна ишлатди,
яша Флойд Майвейзер.