14 avg 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/17446_220.jpg)
Makgregor Meyvezerga qarshi jang necha raund davom etishini aytdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor 26 avgust kungi jangda Floyd Meyvezerni muddatidan avval mag'lub etishini aytdi.
Irlandiyalik jahon chempionining so'zlariga qaraganda jang uzog'i bilan 3 raund davom etadi va Meyvezerning mag'lubiyati bilan yakunlanadi.
“Aksariyat janglarimni birinchi raundda yakunlaganman. Boz ustiga qo'lqoplarim ham boksdagidek katta bo'lmagan. Sizlarni ishontirib aytamanki, ikki yoki uchinchi raundda men Floydni nokautga uchrataman.
O'tkazib yuborilgan
kuchli zarbadan so'ng uning ixtiyorida o'rnidan turish uchun 10 soniya vaqt bo'ladi.
Lekin u turib olishi uchun o'zida kuch topa olarmikan?”, - dedi Makgregor.
Havola :
Fikrlar