16 iyu 12:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor Meyvezerni qaysi zarbasi evaziga mag'lub etishini aytdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerni qaysi zarbasi evaziga mag'lub etishini aytdi.
“Apperkot yoki xuk. Aynan mana shu ikki zarbadan biri bilan Floydni mag'lub etaman. Meyvezer bu zarbani qo'lqoplari bilan to'sishga ulgursa ham bu unga nokdaun yoki nokautga uchramaslik uchun foyda bermaydi”, - dedi Konor Londondagi so'nggi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz,
Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o'rtasidagi uzoq kutilgan boks qoidalari
asosidagi jang 26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib
o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar