06 iyu 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregor sparringlar sonini 4 barobarga oshirdi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Makgregorning murabbiyi Jon Kavananing so'zlariga qaraganda, irlandiyalik jangchi sparinglar sonini to'rt barobarga oshirgan.
“Hozirda biz mashg'ulotlarga zo'r berganmiz. Sparinglar sonini odatdagidan to'rt barobarga oshirdik. Qo'shimcha raundlar qo'shildi. Har bir mashg'ulotni tasvirga olib, keyin uni tahlil qilyapmiz. Kundan kunga o'sish ko'zga tashlanyapti”, - dedi Kavana.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar