27 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor – Taysonga: “O'g'lim, sen mening qiyofamda yangi Don Kingni ko'rayapsan”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor afsonaviy bokschi Mayk Taysonning fikriga o'z munosabatini bildirdi.
Temir Mayk kechagi intervyusida Konorning Floyd Meyvezer bilan bo'lajak jangda g'alaba uchun hech qanday ustunligi yo'qligini aytgan edi. Irlandiyalik o'z javobi bilan Taysonni uzoq kuttirmadi.
“O'g'lim Mayk, sen mening qiyofamda yangi Don Kingga qarayotgan bo'lyapsan. Pullar meniki!”, – deya qisqacha, lekin balandparvoz va haqorotomuz tarzda javob bergan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer va Konor Makgregor o'rtasidagi boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jang 26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar