19 mar 09:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor UFCning yangi reytingida ko'tarildi, Fergyuson o'z o'rnida
O'tgan hafta Braziliyada o'tkazilgan UFC oqshomi natijalari asosida tashkilotning yangilangan reytingi elon qilindi.
Braziliyadagi oqshomda Jonni Uokerni mag'lubiyatga uchratgan rossiyalik Nikita Krilov yarim og'ir vazn toifasi reytingida Top-10ga kirib oldi. Demian Mayyadan ustun kelgan yarim o'rta vazn jangchisi Gilbert Berns 6-o'ringa ko'tarilib oldi.
Ushbu divizionda ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor bir pog'onaga yuqorilab, ayni paytda 14-o'rinni egallab turibdi. Konor engil vaznda uchinchi pog'onani saqlab qolgan.
Kevin Lini taslim etganidan keyin Konor va Xabibni oktagonga chorlagan braziliyalik CHarlz Oliveyra besh pog'onaga yuqorilab, 8-o'ringa joylashdi. Engil vaznda Xabib Nurmagomedov chempion, Toni Fergyuson birinchi, Dastin Pore ikkinchi o'rinni band etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar