23 may 11:11
Yangiliklar

MakGregor Xabib bilan bo'lgan janjal haqida esladi
"Janjal boshlanishidan avval jang yakunlangandi. Xabib urush keltirib chiqarish uchun, ataylab kletkadan sakradi. U qo'rqoq. Olomonni orasida qolib ketganidan so'ng qochishni boshladi. U doim kalamushga o'xshab harakat qilgan. U tartibsizlik keltirib chiqarishni istadi. O'sha payt men ham unga o'xshab kletkadan sakramoqchi edim. Lekin, uning akasi meni oldimga yugurib keldi. Keyin men uni urdim, shu tariqa oktagonda ham urush bo'lib ketdi. Xabibning sherigi bilan urishayotganimda, ikkinchisi kelib menga tashlandi. U bilan ham urishib ketdim. Janjaldan qolgan oxirgi esdalik, yana bir odam meni oldimga juda tez yugurib kelib urmoqchi edi, lekin men unga ham qaqshatqich zarba berdim. Bu kechaning oxirgi zarbasi edi va men g'olib bo'lib tark etdim", - deb o'zini xursand qildi MakGregor.
Fikrlar