19 jan 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregordan so'ng Dias ham bokschilik guvohnomasini olishga qaror qildi
Aralash qoidalar bo'yicha UFC jangchisi Neyt Dias ham bokschilik guvohnomasini olishga qaror qildi.
Bu borda u Nevada shtati Atletik komissiyasiga (NSAC) ariza topshirdi. Dias shuningdek, NSAC tashkilotiga Konor Makgregor bilan yuz bergan holat uchun belgilangan 50 000 dollar jarimani ham to'ladi.
“Neyt jarimani to'lani va bokschilik licenziyasini olish uchun ariza topshirdi”, - dedi NSAC tashkilotining ijrochi direktori Bob Bennet.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Konor Makgregorga Kaliforniya shtati Atletik komissiyasi bokschilik licenziyasini taqdim etgandi.
Havola :
Fikrlar