21 iyu 13:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregorning murabbiyi: “Konor Meyvezerni nokaut evaziga engadi”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor 26 avgust kuni engilmas Floy Meyvezerga qarshi o'tkaziladigan boks jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Kechagi mashg'ulotdan so'ng Konorning murabbiyi Ouen Roddi bo'lajak jang oldidan o'z fikrini bildirdi.
“Konorning g'alabasiga hech qanday shubham yo'q. U bu vazifani uddalaydi. 26 avgust oqshomi Makgregorga ataladi. SHogirdim o'z g'alabasi bilan butun dunyoni lol qoldiradi. Biz Konorning nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilamiz. Ishonchim komil, u raqibini nokaut evaziga mag'lub etadi”, - dedi Roddi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar