08 may 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorning oktagonga qaytishi yuzasidan malumot berildi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor janglar o'tkazish uchun qachon xavfsiz holat yuzaga kelsa, o'shanda okragonga qaytadi.
Bu haqida uning menejeri Odi Attar malum qildi.
“Konor UFC 249 kechasi ishtirokchilarining sog'lig'idan xavotirda. U barchasi yaxshilik bilan tugashini kutmoqda. 9 may kuni bo'lib o'tadigan kecha xavfsiz va hech kimning sog'lig'iga zarar etkazmasa, Konor muxlislarsiz ham jang qilishi mumkin”, - dedi Odi Attar.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Konor 11 iyul kuni oktagonga qaytishi mumkinligini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar