19 iyu 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Makgregorning sparring jangida nokautga uchragani xabar qilindi
Malumki, 26 avgust kuni engilmas Floyd Meyvezer boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jangda aralash qoidalar chempioni Konor Makgregorga qarshi ringga ko'tariladi.
Kuni kecha amerikalik sobiq jahon chempioni Jessi Vargas UFC qirolining mashg'ulot chog'idagi sparring jangida nokautga uchragani haqidagi shov-shuvli xabar tarqatdi.
“Makgregorni sparring jangida nokautga uchratishdi. Konorning murabbiylari sparring raqib sifatida Brendon Riosni tanlashdi. U esa Makgregorni bitta aniq zarba bilan nokaut holatiga tushirib qo'ygan.
Men sabrsizlik bilan bu jangni kutyapman. Ishonchim komil, jangda Floyd g'alaba qozonadi. Men ushbu jangda Meyvezerning g'alabasiga ozroq pul tikmoqchiman”, - dedi Vargas.
Havola :
Fikrlar