24 may 08:04
Yangiliklar

Maksim SHin Toshkentdagi M15 turnirida 1/4 finalgacha etib keldi
Musobaqaning dastlabki ikki bosqichi doirasida Amir Milushev, Damir Abdusamadov, Botir Sapaev hamda Abdulaziz Usmonjonov kabi tennischilarimiz kortga chiqib, imkoniyatni boy berishdi.
Maksim SHin esa dastlab, neytral maqomdagi Aleksey Aleshchyovdan ustun keldi. Nimchorak finalda esa u boshqa bir rus tennischisi, ATP reytingida 640-o'rinni egallab turgan Maksim Jukovni musobaqadan chiqarib yubordi. Jukov Tashkent M15 turnirida uchinchi raqam ostida saralangan edi.
Kecha o'tkazilgan chorak final bellashuvida esa yosh sportchimiz hindistonlik Krish Tiyagiga taybreklarda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu bilan o'zbekistonlik tennischilarning Tashkent M15-2025'dagi eng yaxshi natijasi 1/4 final bosqichi bo'ldi.
Fikrlar