29 iyu 10:58
Yangiliklar

Mamajonovning ertaga AQSHda o'tkazilishi kutilgan jangi bekor qilindi
Mamajonov mana bir necha yildirki, AQSHning Xyuston shahrida yashab, o'sha erda mashg'ulot va janglarini o'tkazib kelyapti. Bahodir uzoq tanaffusdan keyingi jangini ertaga amerikalik Kris Xovardga qarshi o'tkazishi kerak edi.
Lekin raqib bokschining qon tarkibida gepatit S kasalligi aniqlangani bois, ertangi jang bekor qilindi.
“Vatandoshlar, ertaga o'tkazilishi kerak bo'lgan jangim bekor qilindi. Bunga sabab raqibimning qon tarkibida xalq tilida aytganda sariq kasali alomati gepatit S borligi aniqlandi.
Tashkilotchilar jang o'tkazilmaydi, deb elon qilishdi. Har bir bo'lmay qolgan ishning hikmati bor, deyishadi. Men ham shunga amal qilib, mashg'ulot o'tkazishda davom etaman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan, duoda bo'lgan hamyurtlarimizga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Mamajonov.
Fikrlar