30 avg 15:36
Yangiliklar
Futbol
"Man Siti" "Liverpul" futbolchisiga 99 mln taklif qilishga tayyor - Romano
Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachi Kodi Gakponing "Liverpul"dan transferi bo'yicha futbolchining atrofidagi insonlar bilan kelishuvga erishgach, £ 85 mln (€ 99 mln) taklif qilishga tayyorlanmoqda.
Bu haqda insayder Fabricio Romano "X" ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manba malumotlariga ko'ra, "shaharliklar" bitimni yakunlash uchun harakatlarni faollashtirmoqda. "Manchester Siti" "Liverpul" futbolchiga o'rinbosar topganidan so'ng, sotuvga rozilik berishini kutmoqda.
27 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2023 yilning yanvar oyidan beri mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Havola :
Fikrlar