06 jan 13:35
Yangiliklar
"Manchester Siti" APLning eng qimmat himoyachilaridan birini sotib olmoqchi
"Siti" birinchi navbatda Ruben Diash va Yoshko Gvardiolning qancha muddatga safdan chiqqani bo'yicha tibbiy ko'rik natijalarini kutadi va shunga qarab transfer masalasida harakatini boshlaydi.
SHu o'rinda, Gvardiolning jarohati jiddiy ekanligi allaqachon tasdiqlandi: "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol katta boldir suyagi sinishi natijasida 3-6 oyga safdan chiqdi.
O'z navbatida "Kristal Pelas" ham yozda erkin agentga aylanadigan Gexini tekinga qo'yib yuborgandan ko'ra, kamroq pul evaziga bo'lsada sotib, foyda qilib olishni ko'zlamoqda.
Mark Gexining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yoziga qadar amal qiladi. Agar himoyachi shartnomani uzaytirmasa, u klubni tekinga tark etishi mumkin, bu harakat "Bavariya", "Real Madrid", "Barselona", "Inter", "Atletiko" va "Liverpul" kabi bir qancha Evropa gigantlarining etiborini tortgan.

Fikrlar