09 fev 12:01
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" besh yildan so'ng ilk bor "Enfild"da "Liverpul"ni mag'lub etdi
"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasining 25-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Enfild"da "Liverpul"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.
SHu tariqa "shaharliklar" so'nggi besh yil ichida ilk bor mersisaydliklarni o'z maydonida engishga muvaffaq bo'ldi.
Xosep Gvardiola shogirdlarining "Enfild"da "qizillar" ustidan oxirgi g'alabasi 2021 yil 7 fevralga to'g'ri keladi. O'shanda APL 23-tur bahsida "Manchester Siti" yirik 4:1 hisobida zafar quchgan edi. Ushbu o'yinda germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan dubl qayd etgan. SHuningdek, Rahim Sterling va Fil Foden ham bittadan gol urgan. "Liverpul" safida esa Muhammad Saloh 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirgan.
SHundan keyin "Enfild"da o'tgan uchrashuvlarning uchtasida "Liverpul" g'alaba qozongan, yana ikki bahs durang natija bilan yakunlangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar