13 apr 14:22
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" bir shart bilan Braziliya terma jamoasi azosiga 85 mln funt to'lashga tayyor
"Manchester Siti" klubi rahbariyati yozda "Vest Xem"ning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Paketani sotib oladi.
Agar Angliya futbol associaciyasi braziliyalik futbolchidan o'yinlarga noqonuniy pul tikish bo'yicha ayblovni olib tashlasa, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchiga shartnomasida belgilangan 85 million funtni to'laydi.
Eslatib o'tamiz, Paketa o'tgan yozda "Man Siti"ga o'tishga juda yaqin kelgan. Biroq o'tgan yilning yozida braziliyalik futbolchiga o'yinlarga pul tikish ayblovi qo'yilganidan so'ng amaldagi chempion ushbu transferdan voz kechgandi.
Havola :
Fikrlar