01 sen 11:41
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Rayan SHerki ikki oyga safdan chiqqanini malum qildi.
"SHerki 2 oy futbol o'ynay olmaydi. U 7-8 hafta davomida davolanadi", - deya fikr bildirgan murabbiy kechagi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Rayan SHerki 2-turda jarohat olib, maydoni tark etgandi. 21 yoshli futbolchi yozda jamoa bilan shartnoma imzolagandi. Futbolchi "Man Siti" safida hozircha 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta assist bor.
Havola :
Fikrlar