05 mar 11:10
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" futbolchisi kechagi uchrashuv hakamligini tanqid qildi
Bernardu Silva "Manchester Siti"ning "Nottingem Forest"ga qarshi o'yidagi hakamlikdan norozi bo'ldi.
"Biz bu mavsumda bunga ko'nikdik. Barcha bahsli vaziyatlar – bizga qarshi. Bu haqiqat. Men hozirgina Xoland bilan bog'liq vaziyatni ko'rdim. Menimcha, bu penalti. Kimdir boshqacha fikrda bo'lishi mumkin, lekin Erling u erda nima qila olardi?
Bizning vazifamiz – yaxshiroq bo'lish, chunki bu narsalarni nazorat qila olmaymiz. Biz o'zimizning o'yinimizni nazorat qila olamiz – va shu narsaga etibor qaratishimiz kerak", – dedi "Siti" yarim himoyachisi TNT Sports efirida.

Havola :
Fikrlar