09 dek 14:06
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" himoyachisi kulgili tarzda jarohat oldi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz Rojdestvo archasini bezash paytida jarohatlandi, deb xabar berdi "The Touchline".
Manbaga ko'ra, gap qattiq lat eyish haqida ketmoqda. Angliya terma jamoasi futbolchisining tiklanish vaqti nomalum.
Avvalroq Stounz Angliya chempionatining 15-turida "Sanderlend"ga qarshi o'yinda (3:0) qatnashgandi. "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Stounzning aniq tiklanish vaqtini bilmasligini tasdiqladi.
31 yoshli himoyachi ushbu mavsum "shaharliklar" safida 13 o'yinda maydonga tushdi. SHuningdek, u kuzda Angliyaning JCH-2026 saralash bosqichidagi 3 ta o'yinida ham ishtirok etdi.

Havola :
Fikrlar