21 noy 13:40
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" himoyachisi qishda jamoani tark etmoqchi
"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake qishki transfer oynasida boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylamoqda.
Daily Mail xabariga ko'ra, Akening "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bilan munosabatlari alo darajada, biroq futbolchining maydonga kam tushishi uni xafa qilmoqda.
Ake Premer-liganing joriy mavsumida "Siti" tarkibida faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. O'yin amaliyoti kamligi futbolchini JCH2-2026 dan chetda qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
So'nggi haftalarda Akega "Everton" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Havola :
Fikrlar