22 avg 16:28
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Siti" Husanovning raqobatchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Portugaliyalik futbolchi Ruben Diash "Manchester Siti" bilan hamkorlik qilishda davom etadi.
Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati malum qildi. 28 yoshli himoyachi bilan tuzilgan yangi shartnoma 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.
"Men nihoyatda baxtiyorman. Men bu buyuk klub vakili ekanligimdan juda faxrlanaman. Klub ambiciyalari menikiga to'liq mos keladi, futbolchi uchun bundan yaxshiroq narsa yo'q", – dedi Diash.
Diash 2020 yilning sentyabrida Portugaliyaning "Benfika" jamoasidan kelib qo'shilgan. U "shaharliklar" bilan 10 ta sovrinni qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar