03 mar 15:32
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" rekord transferni amalga oshirish niyatida
"SHaharliklar" "Nyukasl"dan Tino Livramentoni olish uchun 70 mln funt to'lashga tayyor - bu qanot himoyachisi uchun jahon rekordi bo'lishi mumkin.
Malum qilinishicha, "Nyukasl" hozircha Livramentoning 2028 yilgacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralarda oldinga siljimagan.
Livramento 2023 yildan beri "hakkalar" safida o'ynaydi. Londonning "CHelsi" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi bunga qadar "Sautgempton" sharafini himoya qilgan.
Ayni paytda "Manchester Siti" 59 ochko bilan APLda 2-o'rinda bormoqda. "Nyukasl" esa 36 ochko bilan 13-pog'onaga joylashgan.

Havola :
Fikrlar